Fidbol.net

“Mundial Allplay bilan”. Favoritlarga oson boʻlmayotgan bosqich - 1/16 finalda yana qanday oʻyinlar boʻladi? (2-qism)

Tahririyat 5
“Mundial Allplay bilan”. Favoritlarga oson boʻlmayotgan bosqich - 1/16 finalda yana qanday oʻyinlar boʻladi? (2-qism)

Belgiya — Senegal (2 iyul, 01:00)

Pley-offning eng qiziq juftliklaridan biri aynan shu boʻlsa ajab emas. Belgiya guruh bosqichini magʻlubiyatsiz oʻtkazdi, ammo raqiblarini osonlikcha engib tashlagan jamoa ham boʻlmadi. 

Senegal esa butunlay boshqa uslubda harakat qildi. Afrikaliklar uchrashuvlarda 8 marta raqib darvozasini ishgʻol qildi, biroq oʻzlari ham 6 ta gol oʻtkazib yubordi. Frantsiya bilan bir guruhda kurash olib borgan senegalliklar oxir-oqibat eng yaxshi uchinchi oʻrin sohiblari qatorida pley-offga chiqishdi.

gettyimages-2281764609-2048x2048.jpg

Qizigʻi, bu juftlikda bir tomonda muvozanatli oʻyin koʻrsatayotgan Belgiya boʻlsa, ikkinchi tomonda ochiq futbolni xush koʻradigan Senegal turibdi. Gʻolib keyingi bosqichda AQSh yoki Bosniya va Gertsegovina bilan oʻynaydi va chorak finalga yoʻl olish imkoniyati ham yomon emas.

AQSh — Bosniya va Gertsegovina (2 iyul, 05:00)

Mezbon AQSh oʻz muxlislari qarshisida hozircha kutilgan natijani bermoqda. Amerikaliklar D guruhida 6 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab, 8 ta gol urdi. Hujum chizigʻi deyarli har bir oʻyinda oʻz soʻzini aytdi.

Bosniya va Gertsegovina esa guruhdan chiqish uchun oxirgi turgacha kurashdi. 4 ochko va 5 ta urilgan gol bu jamoaning hujum salohiyatini koʻrsatib turibdi. Ular pley-offga katta qiyinchilik bilan chiqqan boʻlsa-da, aynan shunday jamoalar koʻpincha sensatsiya qilishga qodir boʻladi.

gettyimages-2281309057-2048x2048.jpg

Mezbonlik bosimi AQSh elkasida boʻladi. Bosniyada esa yoʻqotadigan deyarli hech narsa yoʻq. Shu bois bu oʻyin kutilgandan ham murosasiz kechishi mumkin.

Ispaniya — Avstriya (3 iyul, 00:00)

Guruh bosqichidan keyin himoyasi eng koʻp maqtovga loyiq jamoalardan biri — Ispaniya. Uchta oʻyin, etti ochko va birorta gol oʻtkazilmadi. Ispanlar haligacha raqiblariga deyarli imkoniyat qoldirmayapti.

Avstriya esa butunlay boshqa manzarani namoyish qildi. Argentina bilan bir guruhda 4 ochko toʻplagan avstriyaliklar 6 ta gol urdi va xuddi shuncha gol oʻtkazdi.

gettyimages-2282633260-2048x2048.jpg

Qogʻozda Ispaniya favorit, ammo Avstriya qarshi hujumlarda xavfli jamoalardan biri. Bu bahs gʻolibini keyingi bosqichda Portugaliya yoki Xorvatiya kutib turibdi.

Portugaliya — Xorvatiya (3 iyul, 04:00)

Bu juftlikda favoritni aniqlash oson emas. Har ikki jamoa ham hal qiluvchi oʻyinlarda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Portugaliya markazdagi ajoyib futbolchilar va individual mahoratga tayansa, Xorvatiya yillar davomida yigʻilgan tajribasi bilan ajralib turadi.

Xorvatlar L guruhida Angliyadan keyin ikkinchi oʻrinni oldi. Ikki gʻalaba qozongan jamoa 5 ta gol urdi, ammo himoyada ham 5 marta xatoga yoʻl qoʻydi. Portugaliya esa guruh bosqichida oʻz imkoniyatlarini deyarli toʻliq ishga solib, pley-offga ishonchli tarzda etib keldi.

503931.jpg

Bu oʻyinda birgina epizod hammasini hal qilishi mumkin. Gʻolib keyingi bosqichda ehtimol Ispaniyaga qarshi maydonga tushishi mumkinligi esa bu bahsning ahamiyatini yanada oshiradi.

Shveytsariya — Jazoir (3 iyul, 08:00)

Shveytsariya koʻp shov-shuv qilmagan boʻlsa-da, guruh bosqichini juda ishonchli oʻtkazdi. 7 ochko, 7 ta urilgan va 3 ta oʻtkazilgan gol — bu jamoa ham hujumda, ham himoyada muvozanatni topganini koʻrsatadi.

Jazoir esa Argentina ishtirok etgan qiyin guruhda kurashdi va pley-offga chiqish uchun oxirigacha jang qildi. 5 ta urilgan gol jamoaning hujumda xavfli ekanini koʻrsatsa, 7 ta oʻtkazilgan toʻp himoyada hali echimini kutayotgan muammolar borligini anglatadi.

gettyimages-2283171246-2048x2048.jpg

Shveytsariya favorit boʻlib koʻrinmoqda. Biroq pley-offda statistika emas, bitta oʻyin hal qiladi. Gʻolib chorak final yoʻlida Kolumbiya yoki Gana bilan bahs olib boradi.

Avstraliya — Misr (3 iyul, 23:00)

Bu juftlik pley-offning eng ehtiyotkor oʻyinlaridan biri boʻlishi mumkin. Avstraliya guruh bosqichida atigi 2 ta gol urdi va 2 ta gol oʻtkazdi. Ular har bir ochko uchun kurashdi va himoyaga katta e'tibor qaratdi.

Misr esa aksincha, hujumda ancha faol harakat qildi. Afrikaliklar 5 ochko toʻpladi, 5 ta gol urdi va guruhni magʻlubiyatsiz yakunladi. Bu esa ularning psixologik holati yaxshi ekanini anglatadi.

gettyimages-2282689638-2048x2048.jpg

Ikki jamoa ham haddan tashqari tavakkal qilishni istamasa kerak. Shu bois oʻyin taqdirini bitta gol yoki hatto penaltilar seriyasi hal qilishi ehtimoli yuqori.

Argentina — Kabo-Verde (4 iyul, 03:00)

Qogʻozda pley-offning eng noteng juftliklaridan biri. Argentina guruh bosqichida maksimal natija qayd etdi: 3 oʻyin, 3 gʻalaba, 9 ochko va 8:1 toʻplar nisbati. Jamoa hozircha chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri ekanini amalda ham isbotlab kelmoqda.

Kabo-Verde esa turnirning eng yoqimli syurprizlaridan biriga aylandi. Ispaniya ishtirok etgan guruhda birorta ham magʻlub boʻlmagan afrikaliklar uchta durang orqali pley-offga chiqishdi. Ular koʻp gol urmagan boʻlsa-da, tartibli himoyasi bilan koʻpchilikni hayratda qoldirdi.

gettyimages-2281966529-2048x2048.jpg

Albatta, favorit Argentina. Ammo Kabo-Verde uchun bu tarixiy imkoniyat. Agar sensatsiya yuz bersa, bu turnirning eng katta voqealaridan biri boʻladi. Gʻolibni keyingi bosqichda Avstraliya yoki Misr kutib turibdi.

Kolumbiya — Gana (4 iyul, 06:30)

Qogʻozda bu juftlikda ustunlik Kolumbiya tomonida. Janubiy amerikaliklar guruh bosqichida barqaror futbol namoyish qildi va pley-offga munosib tarzda etib keldi. Bu jamoa texnik futbol va tezkor hujumlari bilan xavfli.

Gana esa Angliya va Xorvatiya qatnashgan murakkab guruhdan chiqishga muvaffaq boʻldi. Afrikaliklar koʻp gol urmagan boʻlsa-da, intizomli oʻyin orqali kerakli natijani qoʻlga kiritdi. Pley-offda esa bunday jamoalarni mensimaslik juda xavfli.

503264.jpg

Bu juftlik gʻolibi keyingi bosqichda Shveytsariya yoki Jazoir bilan toʻqnash keladi. Shu bois har ikki jamoa ham bu oʻyinni chorak finalga ochiladigan eshik sifatida koʻrayotgani shubhasiz.

JCh-2026'ni Allplay'da tomosha qiling — CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring