Fidbol.net

Mourinyo «Real»da beshta yangi qat’iy qoida joriy qildi

Tahririyat 6
Mourinyo «Real»da beshta yangi qat’iy qoida joriy qildi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madrid klubida yangi qoidalarni joriy qildi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis futbolchilarning ovqatlanish tartibini yanada qat’iylashtirdi. Nonushta va tamaddi uchun belgilangan menyular joriy etildi. Endi futbolchilar ovqat tanlashda erkin emas.

Shuningdek, futbolchilar mashg‘ulot boshlanishidan bir soat oldin mashg‘ulot bazasida bo‘lishlari shart. Har qanday kechikish, futbolchining maqomidan qat’i nazar, jazoga sabab bo‘ladi. Kechikkanlar uchun moliyaviy jarima qo‘llanmaydi. Uning o‘rniga futbolchi yakka tartibda va jamoadan alohida holda kuch mashqlarini bajaradi.

Bundan tashqari, jarohat olgan futbolchilarning holati ham mashg‘ulot bazasida nazorat qilinadi. Jarohatlangan futbolchilar ertalab va kunduzi tiklanish jarayonini mashg‘ulot bazasida o‘tkazishlari kerak. Ular shaxsiy murabbiylarini saqlab qolishlari mumkin, ammo ularning ishi klub xodimlari bilan muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi lozim.

Shuningdek, jamoaviy tushliklar ham yo‘lga qo‘yiladi. Mourinyo futbolchilar va klub xodimlari mashg‘ulot bazasida birga ovqatlanishlarini istamoqda.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring