Fidbol.net

Mirjalol Qosimov: "Afsus, ikkita oson golni oʻtkazib yubordik"

Tahririyat 5
Mirjalol Qosimov: "Afsus, ikkita oson golni oʻtkazib yubordik"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- "Nasaf" jamoasini gʻalaba bilan tabriklayman. Qiynalib gol urdik, lekin ikkita oson golni oʻtkazib yubordik. Shu koʻproq alam qilyapti. Ammo xursand qiladigan jihat ham bor: oxirigacha kurashish, muxlislar uchun oxirigacha oʻynash - shularni unutib qoʻymadik. Xatolarni koʻrib chiqamiz.

"Nasaf" avvalgi uchrashuvni toʻrt nafar himoyachi bilan oʻtkazgandi, bizga qarshi beshta himoyachi bilan oʻynadi. Buni kutgandik va shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Afsus, ikki bor oson golni oʻtkazib yubordik. Ikkinchi boʻlimda oʻzimizni koʻrsatishga harakat qildik, lekin hisobni tenglashtira olmadik. Har doim ham chiroyli oʻyin gʻalaba keltiravermaydi, buniyam tushunish kerak. Futbolchilarimiz qoʻldan kelgancha oʻynashdi, ishlashda davom etamiz.

- Bugun OKMKga aniqlik etishmadimi?
- Agar yuzaga kelgan vaziyatlarning 10 foizidan foydalanganimizda magʻlubiyat boʻlmasdi.

- Ikkinchi boʻlimda boshqa OKMKni koʻrdik, ammo kambek sodir boʻlmadi?
- Shu oʻrinda raqibimiz "Nasaf" ekanini ham esdan chiqarmaslik kerak. "Nasaf" yaxshi jamoa, bugun oddiy raqibga yutqazmadik. Vaziyat yaratib bersangiz ular yarimta imkoniyatdan foydalana oladi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring