"Metallurg" futbol akademiyasida koʻrik tashkillashtirildi
“Barcha zarur hujjatlar, tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgan hamda 1,2 mln soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirgan bolakaylar 1 haftalik koʻrikda ishtirok etadi. Ana shu mashgʻulotlar, koʻrik davomida bolakaylar murabbiylar bilan bevosita muloqotda boʻladi, oʻzini maydonda sinab koʻrib, salohiyatiga real baho beriladi.
Ajab emas, aynan shu iqtidorlar ichidan ba'zilari akademiya tarbiyalanuvchilari qatoriga kirib, kelajakda etuk futbolchi boʻlib etishadi hamda Oʻzbekiston bayrogʻini xalqaro maydonlarda baland hilpirashiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Xabaringiz bor, Bekobod shahridagi mazkur akademiya nafaqat yurtimiz balki Oʻrta Osiyoda oʻz oʻrniga ega hamda ham futbol mashgʻulotlari, ham maktab ta'limini oʻzida mujassamlashtirgan Oʻzbekistondagi yagona futbol akademiyasi hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.





Manba: championat.asia
Izohlar 0