Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushadimi?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining 39 yoshli hujumchi Lionel Messi borasidagi rejalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
28 iyun kuni argentinaliklar guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvni Iordaniyaga qarshi o‘tkazishadi. Qayd etish lozimki, Skaloni shogirdlari dastlabki ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib bo‘lishgan.
Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, Skaloni tarkibda jiddiy rotasiya amalga oshirmoqchi. Messiga o‘yin vaqti berilishi, ammo u maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilmasligi ta’kidlanmoqda.
Avvalgi turlarda Argentina Jazoirni tor-mor etgan (3:0) va Avstriyani mag‘lub etgandi (2:0). Jamoaning barcha beshta goliga Lionel Messi mualliflik qilgan.
Iordaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0