Fidbol.net

Meksika prezidenti Jahon chempionati ochilish o‘yiniga chiptasini iqtidorli qizga sovg‘a qildi

Tahririyat 3
Meksika prezidenti Jahon chempionati ochilish o‘yiniga chiptasini iqtidorli qizga sovg‘a qildi

Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar narxi jamoatchilikni hayratda qoldirayotgan bir paytda, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum haqiqiy saxiylik namunasini ko‘rsatdi. U Jahon chempionatining ochilish uchrashuviga mo‘ljallangan o‘z chiptasini oddiy meksikalik qiz — 21 yoshli Yoletta Servantes Kuakuexuaga sovg‘a qilishga qaror qildi.

Yolettaning tanlanishi tasodifiy emas, albatta — u dribling bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqdi va to‘p bilan ishlash borasidagi mahoratini namoyish etdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni aynan Meksika terma jamoasi ishtirokidagi bahs bilan boshlanadi. Mezbonlar afsonaviy «Asteka» stadionida Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring