Marca FIFA prezidenti lavozimida Infantinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan beshta asosiy nomzodni ma’lum qildi
Ispaniyaning Marca gazetasi Janni Infantinoning o‘rniga FIFA prezidenti lavozimiga beshta asosiy nomzod nomini oshkor qildi.
Da’vogarlar qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:
-
Nasser Al-Xelaifi, «PSJ» prezidenti, Yevropa futbol klublari kengashi (EFC) raisi;
-
Viktor Montalyani, FIFA vise-prezidenti, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederasiyasi (KONKAKAF) prezidenti;
-
Aleksandr Cheferin, UYEFA prezidenti;
-
Sheyx Salman bin Ibragim Al Xalifa, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) prezidenti;
-
Patris Mosepe, Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) prezidenti.
Ta’kidlanishicha, Montalyani eng mantiqiy variant hisoblanadi, chunki u FIFA Kengashi vise-prezidenti sifatida ishlaydi va tashkilotning ichki faoliyati bilan juda yaxshi tanish.
Nomzodlar tomonidan ariza topshirishning oxirgi muddati — 2026 yil 18 noyabr. Da’vogarni faqat milliy futbol assosiasiyasi ilgari surishi mumkin. Bunda nomzod kamida beshta federasiyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi kerak. FIFA prezidenti saylovining o‘zi 2027 yil 18 mart kuni Rabatda (Marokash) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0