Fidbol.net

Maldini «Fenerbaxche»da ish boshlashi mumkin

Tahririyat 7
Maldini «Fenerbaxche»da ish boshlashi mumkin

Italiya futboli afsonasi Paolo Maldini Turkiyaning «Fenerbaxche» klubida ish boshlashi mumkin. U ayni paytda klubning bo‘lajak prezidenti Hakan Shafi bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Ular Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida birgalikda ko‘rinish bergan edilar.

«Biz juda qalin do‘stmiz. Tez-tez uchrashib, futbol haqida fikr almashib turamiz. Janob Shafiga mening «Milan»dagi ishlarim juda ma’qul keladi. Shu bois, biz «Fenerbaxche»ning kelajagi kelajagi haqidagi qarashlarimizda umumiy nuqtalarni izlayapmiz», — deb Maldinining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, Paolo Maldini Italiyaning «Milan» klubidan 2023 yil iyun oyi boshida — qariyb uch yil oldin ishdan bo‘shatilgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring