Luis Enrike Barkolaning transferi haqida gapirishdan bosh tortdi
Tahririyat
•
•
6
Matbuotda hujumchi Bredli Barkola allaqachon "Liverpul" bilan shartnoma tuzganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida vaziyatga oydinlik kiritmadi.
"Men hech bir futbolchini alohida bilmayman va ular haqida alohida gaplashishni ham istamayman. Sizdan futbolchi haqida ijobiy yoki salbiy narsa so‘ralganda, bu har doim xavfli. Men jamoamga e’tibor qaratyapman", - dedi Enrike.
"PSJ" chorshanba kuni UYEFA Superkubogida "Aston Villa" bilan o‘ynaydi. O‘yin 12 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0