Fidbol.net

"Liverpul" yurak hovuchlab turibdi: Gakpo Belgradda jarohat oldi

Tahririyat • • 3
"Liverpul" yurak hovuchlab turibdi: Gakpo Belgradda jarohat oldi

27 yoshli Gakpo Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiya terma jamoasining Serbiyaga qarshi kechgan oʻyini boshidayoq maydon markazida "Ipsvich" yarim himoyachisi Sasha Lukich bilan toʻqnashuv oqibatida toʻpigʻidan shikastlandi.

Dastlab Gakpo oʻyinni davom ettirishga urinib koʻrdi, biroq toʻpiqdagi noqulaylik saqlanib qolgani bois Kodi almashtirishni soʻrashga majbur boʻldi.

“The Athletic” xabariga koʻra, bugun Gakpo tekshiruvdan oʻtadi va niderlandiyaliklar bosh murabbiyi Xavi yaxshi yangiliklar olishga umid qilmoqda.

"Uning jarohati jiddiy deb oʻylamayman. Bu uning toʻpigʻi va menga ma'lum boʻlgani hozircha shu. Ertaga aniq bilib olamiz, ammo juda jiddiy emas degan umiddaman", – degandi Xavi Belgraddagi 2:1 hisobidagi gʻalabadan soʻng.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring