Fidbol.net

Letekse Misrning FIFAga shikoyati tufayli JChdan chetlatilmaydi

Tahririyat 7
Letekse Misrning FIFAga shikoyati tufayli JChdan chetlatilmaydi

Misrning shikoyati arbitr Fransua Leteksening jahon chempionatidagi ishini davom ettirishiga ta'sir qilmasligi ehtimoli katta. Avvalroq Misr futbol assotsiatsiyasi JCh-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsdagi (2:3) hakamlik yuzasidan FIFAga protest yoʻllagan edi. Leteksening ayrim qarorlaridan norozi boʻlgan afrikaliklar frantsiyalik hakamlar brigadasini turnirdan chetlatishni soʻrashgan.

L’Equipe nashrining yozishicha, bu rasmiy shikoyatning hozirgi koʻrinishida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati yoʻq, chunki hech bir davlat hakamlar brigadasini tanlashga veto qoʻya olmaydi – bu masala FIFA hakamlar qoʻmitasi vakolatiga kiradi. Shunga qaramay, frantsiyalik arbitrning ishi tahlil qilinadi. Hakamlar korpusi rahbariyati uning hakamlik sifati, rasmiy shaxslarning hisobotlari va bahsli videoepizodlarni baholagan holda Leteksening jahon chempionatida ishini davom ettirishi yoki etmasligi boʻyicha qaror qabul qiladi.

Frantsuzning turnirdagi keyingi ishtiroki ushbu oʻyindagi ishi sababli xavf ostida qolishi amrimahol. Biroq, mamlakatlari chorak finalga chiqqan hakamlarning turnirdagi ishini toʻxtatishi mumkin boʻlgan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Shu tariqa, agar payshanba kuni Frantsiya Marokashni magʻlub etsa, ikki frantsiyalik arbitr – Letekse va Kleman Tyurpenning jahon chempionatidagi pozitsiyalari susayadi.

Misr tomonidan yoʻllangan kabi soʻrovlar oʻtgan jahon chempionatlarida ham boʻlgan. Biroq ular biror bir davlatning shikoyati asosida arbitrning chetlatilishiga olib kelmagan. Boshqa tomondan, hakamlarning sifatsiz ishi sababli turnirni tark etgan holatlar ma'lum.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring