Fidbol.net

«Lasio» Frattezini ijaraga olmoqchi, «Inter» esa uni sotishga umid qilmoqda

Tahririyat 3
«Lasio» Frattezini ijaraga olmoqchi, «Inter» esa uni sotishga umid qilmoqda

«Lasio» «Inter» yarim himoyachisi Davide Fratteziga qiziqish bildirmoqda va uni ijaraga olish imkoniyati haqida so‘rov yubordi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

«Inter» transfer bozorida faol ish olib borishidan oldin bir nechta futbolchisini sotishi kerak. Jamoadan ketishga bosh nomzodlardan biri sifatida Simone Indzagi va Kristian Kivu qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmagan Frattezi ko‘rilmoqda.

Dastlab 26 yoshli italiyalik futbolchining «Inter»dan ketishi faoliyatini davom ettirish uchun eng ehtimolli variant sifatida baholangan edi. Ammo hozircha hech bir klub futbolchi uchun so‘ralayotgan 30 million yevroni to‘lashga tayyor emas.

Frattezi sotilganidan so‘ng «Inter» «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Djonsni sotib olishga mablag‘ ajratmoqchi.

«Lasio»ning moliyaviy imkoniyatlari esa faqat mavsum yakunida sotib olish huquqi bilan ijara taklif qilishga imkon beradi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring