La Liga. "Real Madrid" soʻnggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Espanol"ni magʻlub etdi
"Espanol" — "Real Madrid" 1:2
Gollar: 9 - Jud Bellingem, 30 - Aleks Kalatrava, 90 - Karlos Espi
“Espanol”: 13. Marko Dmitrovich, 23. Umar El-Hilali, 5. Klemens Ridel (16. Vanya Drkushich, 66’), 14. Unay Nunesh, 21. Roxer Inoxo, 4. Urko Gonsales (10. Pol Losano, 76’), 8. Edu Esposito (17. Xofre Karreras, 88’), 28. Xavi Ernandes (11. Pere Milya, 76’), 22. Aleks Kalatrava (26. Rafel Bausa, 66’), 24. Tayris Dolan, 9. Roberto Fernandes.
Zaxira: 1. Anxel Fortuno, 31. Lorens Serred, 3. Kvilindsxi Xartman, 27. Adama Timera, 20. Gabriel Moskardo, 18. Markos Fernandes, 32. Xose Anxel Lopes.
“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 4. Din Xyoysen, 16. Ibraima Konate, 24. Denzel Dyumfris (12. Trent Aleksander-Arnold, 80’), 18. Alvaro Karreras (17. Mark Kukurelya, 64’), 8. Federiko Valverde, 20. Bernardu Silva (6. Eduardu Kamavinga, 80’), 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler (25. Yan Diomande, 64’), 5. Jud Bellingem (19. Karlos Espi, 80’), 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 29. Xorxe Sestero, 21. Braim Dias, 36. Aleksis Siria.
Ogohlantirishlar: 32 - Vinisius Junior, 32 - Aleks Kalatrava, 59 - Klemens Ridel, 84 - Edu Esposito, 90+1 - Pere Milya, 90+4 - Pol Losano
90+4. Oʻyin yakunlandi.
90+3. Mezbonlar endi hujumga oʻtmoqda.
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qoʻshib berildi.
90. “Espanol” endi qolgan daqiqalarda ulgurarmikin?!

90. GOL! Espi “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi! Diomandening uzatmasidan soʻng Mbappe ajoyib pas bilan Karlosni ta'minladi va u gol urdi!
82. Espining uzatmasidan Mbappe darvoza tomon zarba berdi, ammo oʻxshamadi.
80. “Real” safida biryoʻla uchta oʻzgarish amalga oshirildi.
78. Valverdening zarbasi birozgina noaniq ketdi…
70. Vinisius oʻtkir burchakdan zarba berdi, ammo juda noaniq boʻldi.
64. “Real”da oʻzgarish, Kukurelya va Diomande oʻyinga qoʻshildi.
62. Vinisius raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam bu erda oʻyin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
60. Mbappening jarima zarbasidan tepgan toʻpi aniq boʻlmadi.
59. Konatedan bosh bilan zarba, Dmitrovich toʻpni ushlab oldi.
58. Ardaning jarima zarbasidan uzatgan toʻpini Xyoysen bosh bilan zarba berdi, ammo rekoshet boʻlib, darvozagacha bormadi.
53. Burchakdan uzatilgan toʻpni Jud boshi bilan darvozaga yoʻlladi, bu safar Dmitrovich ajoyib seyv koʻrsatdi!
53. Dyumfris ajoyib yurish qilib darvozaga zarba berdi, toʻp rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
50. Ushbu boʻlim ham birinchisi kabi start oldi: jamoalar toʻp nazorat qilgan holda oldinga oʻtishadi.
46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.
45+3. Dastlabki boʻlim yakunlandi.
45+2. Espositoning zarbasidan keyin toʻp Kurtuaga kelib tushdi.
45. Birinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.
42. Yana frantsiyalik hujumchi qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
38. Yana Kiliandan zarba, biroq buni ham “Espanol” posboni bartaraf eta bildi!
33. Mbappe katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib borib, zarba berdi va uni Dmitrovich qaytardi. Keyingi zarba Dyumfrisdan boʻldi, biroq bu noaniq…
31. Barchasi qaytadan boshlanadi va oʻyin qiziydi ancha.

30. GOL! Kalatrava hisobni tenglashtirdi! Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Aleks darvozaga zarba berib, joyladi!
26. Yana bir zarba mezbonlardan: bu safar Fernandes tepdi, ammo noaniq boʻldi.
26. Ridelning kuchli zarbasidan keyin toʻpni Kurtua qaytardi!
23. Xyoysenning qoshi yorilgan shekilli, qonab turibdi. Hakam unga tibbiy yordam koʻrsatilishini ma'lum qildi.
20. Dyumfrisning oʻtkir burchakdan yoʻllagan zarbasini darvozabon qaytardi.
15. Mbappening uzoq masofadan yoʻllagan zarbasidan soʻng toʻp Dmitrovichga borib tushdi.
14. Yana Madrid faol, jamoaning harakatlari tezroq ikkinchi golga urinish ekanligi sezilib turibdi.
10. Tezkor gol koʻrdik oʻyinda, endi buyogʻiga barselonaliklar nima qila olishadi?!

9. GOL! Bellingem hisobni ochdi! Gyulerning jarima zarbasidan uzatgan toʻpini Jud boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi!
8. Toʻp nazorati toʻliq madridliklarda, jamoa hujumlar tashkil etishga intilmoqda.
2. Ilk daqiqalardan oʻyin toʻqnashuv bilan boshlandi: Gyuler va Esposito toʻqnashdi, bosh hakam bunga e'tibor ham bermadi.
1. Oʻyin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasi 2-turi doirasidagi "Espanol" — "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0