Fidbol.net

La Liga. "Barselona" mehmonda "Elche"ni tor-mor etdi

Tahririyat 2
La Liga. "Barselona" mehmonda "Elche"ni tor-mor etdi

"Elche" — "Barselona" 0:5

Gollar: 14, 67 - Rafinya, 45+3 - Karim Adeyemi, 71, 78 - Fermin Lopes

“Elche”: 1. Matias Dituro, 23. Viktor Chust, 22. David Affengruber, 2. Buba Sangare, 5. Federiko Redondo (6. Pedro Bigas, 81’), 8. Mark Aguado (16. Martim Netu, 64’), 12. Gonsalo Vilyar del Frayle, 11. Xerman Valera, 20. Tete Morente (21. Lukas Sepeda, 64’), 29. Ali Xuari (10. Fakundo Buonanotte, 64), 14. Fer Nino (9. Esekel Ponse, 69’).

Zaxira: 43. Alexandro Iturbe, 26. Matia Barzich, 17. Xosan, 19. Greydi Diangana, 47. Xavi Morsilo, 30. Alvaro Padilla, 36. Umaru Konare.

“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 24. Erik Garsiya, 18. Jerard Martin, 15. Andreas Kristensen, 22. Mark Bernal (23. Jyul Kunde, 80’), 10. Lamin Yamal (17. Entoni Gordon, 65’), 7. Fermin Lopes, 11. Rafinya (2. Joau Kanselu, 80’), 6. Gavi (8. Pedri, 45’), 36. Xavi Espart, 14. Karim Adeyemi (20. Dani Olmo, 65’).

Zaxira: 13. Voytsex Shensni, 31. Eder Aler, 5. Pau Kubarsi, 26. Alvaro Kortes, 29. Xamza Abdulkarim, 28. Brian Farinas, 33. Jordi Pesker.

Ogohlantirishlar: 33 - Ali Xuari

90+3. Oʻyin yakunlandi.

90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qoʻshib berildi.

85. Gordonning zarbasidan soʻng toʻpni darvozabon ushlab oldi.

84. Soʻnggi daqiqalarda barselonaliklar toʻliq ustunlik qilishmoqda. Maydon egalari hech narsa qilisha olmayapti.

80. Buyogʻiga “Elche” shunchaki hisobni oʻzgartirmaslikka oʻynasa ham boʻladi.

gettyimages-2291195878-2048x2048.jpg

79. GOL! Fermindan ham dubl! Espartning uzatmasidan soʻng Lopes himoyachilarni aldab, darvozani ishgʻol qildi.

76. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

72. Masala hal!

gettyimages-2291195884-2048x2048.jpg

71. GOL! Fermin Lopes hisobni yiriklashtirdi! Gordon darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va toʻpni Ferminga uzatdi, uning zarbasi aniq boʻldi.

71. Olmoning erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq boʻldi.

70. Buonanottening zarbasini Garsiya qaytardi!

68. Buyogʻiga vaqt kam qoldi, ulgurarmikin endi “Elche”?!

gettyimages-2291195774-2048x2048.jpg

67. GOL! Rafinyadan dubl! Gordonning erlatib bergan uzatmasidan soʻng braziliyalik hujumchi darvozani ishgʻol qildi.

66. Sepedaning uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq boʻldi.

63. Mezbonlar tarikibida biryoʻla uchta oʻzgarish amalga oshirilmoqda, nimadir oʻzararmikin?!

53. Yamalning kuchli zarbasi noaniq boʻldi.

52. Morentening kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

47. Hujum navbati “Barsa”da, bu safar Rafinyaning zarbasi kuchsiz chiqdi.

47. Nino yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq darvozaga zarba bera olmadi.

46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.

45+6. Dastlabki boʻlim yakunlandi.

45+4. Ushbu boʻlimda barchasi hal, endi mezbonlar tanaffusdan boshqacha holatda qaytishi kerak boʻladi.

gettyimages-2291191770-2048x2048.jpg

45+3. GOL! Adeyemi hisobni oshirdi! Rafinyaning uzatmasidan keyin Karim toʻpni darvoazaga kiritdi.

45. Birinchi boʻlimga 4 daqiqa qoʻshib berildi.

45. Gavi jarohat oldi, oʻrniga Pedri maydonga tushdi.

43. Adeyemining erlatib bergan uzatmasini boʻsh darvozaga kiritib qoʻyadigan futbolchi topilmadi.

42. Toʻp nazoratida ustunlik mezbonlarda, bu “Barsa”ga qarshi oʻyinlarda juda kamchilik jamoalarda boʻladi.

35. “Elche” qator hujumlar tashkil etmoqda, ammo yakun boʻlmayapti. Hozir ham Xuari qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba bera olmadi.

30. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

24. Nino darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi, ammo yakuniy zarbani bera olmadi…

18. “Elche” futbolchisining bosh bilan bergan zarbasi noaniq boʻldi.

15. Tezkor gol urildi, endi buyogʻiga maydon egalari faollashishi kerak yanada.

gettyimages-2291189843-2048x2048.jpg

14. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Braziliyalik hujumchi penaltini aniq amalga oshirdi.

13. Penalti, “Elche” darvozasi tomon! Rafinya jarima maydonchasi ichida yiqitildi.

6. Yamal juda yaxshi vaziyatga chiqib borib trivella uslubda zarba berdi, ammo noaniq boʻldi.

5. Oʻyin faol boshlandi, ikki jamoa ham toʻp nazoratini oʻziga olishga harakat qilmoqda. Maydon egalari hozircha bu borada faol.

1. Oʻyin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasi 2-tur doirasidagi "Elche" — "Barselona" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring