Fidbol.net

Kozlov, Abdumajidov, Dumbuya, Boake diskvalifikatsiya qilindi, bir qator jamoalar vakillari jarimaga tortildi — Tartib-intizom qoʻmitasi

Tahririyat 7
Kozlov, Abdumajidov, Dumbuya, Boake diskvalifikatsiya qilindi, bir qator jamoalar vakillari jarimaga tortildi — Tartib-intizom qoʻmitasi

Unda mazkur sanagacha boʻlgan vaqt oraligʻida Oʻzbekiston Superligasi, Proliga, Birinchi liga hamda U-19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

“Surxon” - “Dinamo”

Superliga 13-turi doirasidagi “Surxon” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 61-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Amadu Dumbuya toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining himoyalanmagan qismini bosib olgani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Amadou Doumbouyaga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

“Andijon” – “Paxtakor”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+3-daqiqasida toʻpsiz vaziyatda “Andijon” futbol klubi futbolchisi Martin Boake “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidovning yuziga boshi bilan zarba berganidan soʻng “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Martin Boakening yuziga qoʻli bilan zarba berib javob qaytargani uchun ikki futbolchiga qizil kartochkalar koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Martin Boakega nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy choralari qoʻllanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 80-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nemanya Chalasan qizil kartochka koʻrsatilganidan soʻng, maydonni tark etayotib Liganing bosh homiysi nomi tushurilgan arkani tepib shikast etkizgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Nemanya Chalasanga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.

Super liga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuv soʻngida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Xojimat Erkinov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan boʻlsa-da, texnik hududda harakatlanib, maydon markazida turgan uchrashuv hakamlari oldiga borganligi aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 60-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 75-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Emillian Karas hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi murabbiyi Emillian Karasga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Buxoro” – “Lokomotiv”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 34-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Aleksey Kozlov tirsagi bilan raqib jamoa futbolchisining yuziga urgani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Aleksey Kozlovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 39-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi murabbiyi Sadriddin Abdullaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi murabbiyi Sadriddin Abdullaevga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Mash'al” – “Soʻgʻdiyona”

Superliga chempionatining 15-turi doirasidagi “Mash'al” – “Soʻgʻdiyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 70-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Bakaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Soʻgʻdiyona” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Bakaevga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Navbahor” – OKMK

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 58-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Baxtiyor Ismailov hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubi vakili Baxtiyor Ismailovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 60-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek Oʻlmasaliev hakamning qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Avazbek Oʻlmasalievga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Andijon” – “Surxon”

Super liga chempionatining 12-turi doirasidagi “Andijon” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 85-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Otabek Boymurodov oʻyin vaqtini sun'iy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Soʻgʻdiyona” – “Neftchi”

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 29-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi futbolchisi Lupcho Doriev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Soʻgʻdiyona” futbol klubi futbolchisi Lyupcho Dorievga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 29-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Bakaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Soʻgʻdiyona” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Bakaevga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Nasaf” – “Qizilqum”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Abdunazarov oʻyin vaqtini sun'iy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Diyorbek Abdunazarovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Neftchi” – “Navbahor”

Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Neftchi” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 68-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Ikrom Alibaev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Ikrom Alibaevga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Dinamo” – “Qoʻqon-1912”

Super liga chempionatining 14-turi doirasidagi “Dinamo” – “Qoʻqon-1912” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 88-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Behruzbek Oblaqulov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Behruzbek Oblaqulovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

Proliga

“Yaypan” – “FarDU”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Fargʻona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 88-daqiqasida “Fargʻona DU” futbol klubi futbolchisi Ibodjon Abelfazov toʻp uchun kurashda tizzasi bilan raqib jamoa futbolchisining elkasiga zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Fargʻona DU” futbol klubi futbolchisi Ibodjon Abelfazovga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

“TerDU” – “Kattaqoʻrgʻon”

Proliganing 12-turi doirasidagi “TerDU” – “Kattaqoʻrgʻon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 59-daqiqasida “Kattaqoʻrgʻon” futbol klubi futbolchisi Abubakir Ashurov toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Kattaqoʻrgʻon” futbol klubi futbolchisi Abubakir Ashurovga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

“Gʻazalkent” – “Metallurg”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Gʻazalkent” – “Metallurg” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 29-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi murabbiyi Ilxom Muminjanov oʻyin vaqtini sun'iy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Metallurg” futbol klubi murabbiyi Ilxom Moʻminjonovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Olimpik-MobiUz” – “TerDU”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 53-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Bunyodbek Rahimov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Olimpik Mobiuz” futbol klubi futbolchisi Bunyodbek Rahimovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Kattaqoʻrgʻon” – “Yaypan”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Kattaqoʻrgʻon” – “Yaypan” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi murabbiyi Rashidjon Gʻofurov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi murabbiyi Rashidjon Gʻofurovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Shoʻrtan” – Respublika FA

Proliganing 12-turi doirasidagi “Shoʻrtan” – “Respublika FA” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 82-daqiqasida “Shoʻrtan” futbol klubi murabbiyi Aktam Berdiev hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Shoʻrtan” futbol klubi murabbiyi Aktam Berdievga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Paxtakor FJ” – “Olimpik-MobiUz”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Paxtakor FJ” – “Olimpik Mobiuz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 56-daqiqasida “Paxtakor FJ” futbol klubi murabbiyi Mixail Spiridonov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor FJ” futbol klubi murabbiyi Mixail Spiridonovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

“Yaypan” – “FarDU”

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Fargʻona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Fargʻona DU” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Ismoiljonov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Fargʻona DU” futbol klubi murabbiyi Ulugʻbek Ismoiljonovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

Proliganing 12-turi doirasidagi “Yaypan” – “Fargʻona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 57-daqiqasida “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Akbarxon Ibroximxonov hakam qaroriga e'tirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Yaypan” futbol klubi futbolchisi Akbarxon Ibroximxonovga jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllansin.

U-21 chempionati

“Andijon” U-21 – “Surxon” U-21

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Andijon” U-21 – “Surxon” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 76-daqiqasida “Andijon” U-21 futbol klubi futbolchisi Fazliddinxoʻja Ubaydullaev toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining oyogʻini bosib olgani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Fazliddinxoʻja Ubaydullaevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizomiy jazo choralari qoʻllanilsin.

“Nasaf” U-21 – “Qizilqum” U-21

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf” U-21 – “Qizilqum” U-21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Qizilqum” U-21 futbol klubi futbolchisi Doston Tursunov toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining son qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Doston Tursunovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizomiy choralari qoʻllanilsin.

“Navbahor” U-21 – OKMK U-21

U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor” U-21 – OKMK U-21 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvda “Navbahor” U-21 futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini bajarmaganligi, jumladan, maydon oʻrilgandan soʻng tozalanmagani, toʻp olib turuvchi bolalar kelmagani, Liga gimni uchrashuv avvalida qoʻyilmagani va Liga bayrogʻi maydonga olib chiqilmagani holatlari aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.

U-21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Navbahor” U-21 – “Qizilqum” U-21 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvda “Navbahor” U-21 futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini bajarmaganligi, jumladan, uchrashuvdan oldin uchrashuv komissari takidlashiga qaramasdan darvoza ustunlari pastki va orqa qisimlar taritibga solinmagani va maydon oʻrilmagani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.

“BuxDU” U-19 – “Buxoro” U-19

U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “BuxDU” U-19 – “Buxoro” U-19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvda “BuxDU” U-19 jamoasi murabbiyi uchrashuv qaydnomasiga uchrashuvga tashrif buyurmagan shifokorni kiritib Reglament talabini buzganligi aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “BuxDU” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qoʻllanilsin.

“Lokomotiv” U-19 – “Lochin” U-19

U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “Lokomotiv” U-19 – “Lochin” U-19 uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvida “Lochin” U-19 jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda Reglament talablarini qisman bajarmaganligi, jumladan, darvoza setkalari yaroqsiz xolga kelib qolgani, oqibatda uchrashuv mobaynida qiyinchiliklarga duch kelingani va maydon chiziqlari talab darajasida chizilmagani holatlari aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qoʻllanilsin.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring