Fidbol.net

«Korintians» prezidenti Depayning ketishini e’lon qildi va sababini aytdi

Tahririyat 5
«Korintians» prezidenti Depayning ketishini e’lon qildi va sababini aytdi

Memfis Depay «Korintians»ni tark etmoqda. Klubning rasmiy saytida klub prezidenti Osmar Stabilening bayonoti e’lon qilindi. Bayonotda Depay bilan shartnoma uzaytirilmasligi aytilgan. Bu qaror klubning balans va mas’uliyatni talab qiladigan moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda qabul qilindi.

«Korintians» prezidenti 32 yoshli Depayga minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, Stabile niderlandiyalik futbolchi bilan yirik shartnoma imzolash moliyaviy balansni buzishini ta’kidladi. Muzokaralar Memfisning alohida maqomga ega o‘yinchi ekani sababli cho‘zilib ketgani qayd etilgan.

Memfis Depay «Korintians» sharafini deyarli ikki yil davomida himoya qildi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring