Konferentsiyalar ligasi saralashi. Shomurodov va Fayzullaev jamoasi birinchi oʻyinda durang qayd etdi
Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar toʻp tepadigan “Istanbul Bashakshexir” saralashning birinchi oʻyinida durang qayd etdi. Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 69 daqiqada almashtirildi, Fayzullaev esa 61 daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Bahsda dastlab hisobni finlyandiyaliklar ochishdi, ikkinchi boʻlimda turk jamoasi vakili Bayram hisobni tenglashtirdi va oʻyin 1:1 hisobida yakun topdi. Ushbu jamoalar oʻrtasidagi javob oʻyini 30 iyulda oʻtkaziladi.
Konferentsiyalar ligasi saralashi, 2 bosqich
"Istanbul Bashakshexir" - "Inter Turku" 1:1
Gollar: Bayram 54 - Jepta 16.
"Istanbul Bashakshexir": Sengezer, Saxiner, Bayram, Ba (Opoku 61), Karbovnik, Gunesh (Ozdemir 82), Kemen, Sari, ELDOR ShOMURODOV (Da Kosta 69), Brnich (ABBOS FAYZULLAEV 61), Yildirim (Selke 69).
Manba: championat.asia
Izohlar 0