Kompani: «Biz hech qanday manmanlikka yo‘l qo‘ya olmaymiz»
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoani yangi mavsum boshlanishi oldidan xotirjamlikka berilmaslikka chaqirdi.
«Germaniya va Yevropadagi raqiblarimiz muvaffaqiyatga erishish ishtiyoqi bilan yonishmoqda. Ularning ko‘pchiligi o‘tgan mavsumda hech narsa yutishmadi, shuning uchun biz ularning g‘alabaga bo‘lgan chanqoqligiga mos kelishimiz kerak. Biz hech qanday manmanlikka yo‘l qo‘ya olmaymiz. O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan voqealar endi ahamiyatga ega emas. Biz hammasini yangidan boshlaymiz», - deydi Kompani so‘zlaridan iqtibos keltirgan Bavarian Football Works.
O‘tgan mavsumda «Bavariya» Germaniya chempionati va kubogini qo‘lga kiritgan edi. 15 avgust kuni jamoa «RB Leypsig»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, 22 avgustda esa mamlakat Superkubogi uchun Dortmundning «Borussiya» klubi bilan kuch sinashadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0