Fidbol.net

Kerrik: “MYuda oson taqvim? APLga endigina koʻtarilgan jamoaga qarshi safarda oʻynash — juda qiyin”

Tahririyat 5
Kerrik: “MYuda oson taqvim? APLga endigina koʻtarilgan jamoaga qarshi safarda oʻynash — juda qiyin”

Angliya chempionatining ilk turida “Yunayted” safarda “Xall Siti” bilan bahs olib borsa, keyin oʻz maydonida “Ipsvich Taun”ni qabul qiladi. Har ikkala klub ham oʻtgan mavsumda Chempionshipda qatnashgan.

“Birinchi navbatda, hozir bu ligada hech kimda oson start boʻlmaydi. Menimcha, boshlanishi ikkala jamoa uchun ham [biz uchun ham, “Xall Siti” uchun ham] murakkab kechadi. Biroq biz shanba kunidan nariga qarayotganimiz yoʻq. Premer-ligaga endigina koʻtarilgan jamoaga qarshi safar uchrashuvi — bu juda va juda qiyin oʻyin. Men avval ham bunday bahslarda ishtirok etganman.

Shu sababli shanba kuni bizni nima kutayotganini va nimaga tayyor boʻlishimiz kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Shu bois bizning startimizni qulay deb atamagan boʻlardim. Chetdan bunday deyish oson, ammo qaysidir ma'noda bu kulgili va bu vaziyatga butunlay boshqacha qarayman”, – dedi Kerrik.

“Xall” – MYu uchrashuvi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring