Fidbol.net

APL. "Arsenal" ilk turda "Koventri Siti"ni qiyinchiliksiz magʻlub etdi

Tahririyat 4
APL. "Arsenal" ilk turda "Koventri Siti"ni qiyinchiliksiz magʻlub etdi

"Arsenal" - "Koventri Siti" 3:0

Gollar: 15 - Kay Xaverts, 23 - Bukayo Saka, 49 - Martin Edegor

“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt, 3. Kristyan Moskera, 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori (5. Pero Inkape, 81’), 8. Martin Edegor (23. Mikel Merino, 76’), 49. Maylz Lyuis-Skelli, 41. Deklan Rays (36. Martin Subimendi, 68’), 29. Kay Xaverts, 17. Xristos Tsolis (10. Eberechi Eze, 76’), 7. Bukayo Saka (20. Chukvunonso Madueke, 68’).

Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 14. Viktor Gyokeresh, 22. Itan Nvaneri, 56. Maks Doumen.

“Koventri Siti”: 19. Karl Rashvort, 27. Milan van Eveyk, 4. Bobbi Tomas, 24. Orel Amenda, 3. Jey Dasilva, 8. Kaleb Yirenki (29. Viktor Torp, 62’), 6. Mett Graymz, 16. Frenk Oneka, 18. Lum Chauna (38. Gustavo Xamer, 82’), 9. Ellis Simms (14. Tayvo Avoniyi, 70’), 23. Brendon Tomas-Asante (5. Jek Rudoni, 70’).

Zaxira: 13. Ben Uilson, 15. Liam Kitching, 7. Tatsuxiro Sakamoto, 22. Joel Latibode, 28. Josh Ekkls.

Ogohlantirishlar: 27 - Kaleb Yirenki, 34 - Gabriel Magalyayns

90+5. Oʻyin yakunlandi!

90+5. Ezening jarima zarbasidan tepgan toʻpi noaniq boʻldi.

90+1. Merinoning ajoyib zarbasidan soʻng toʻpni Rashvort qiyinchilik bilan qaytardi.

90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qoʻshib berildi.

86. Havolatib uzatilgan toʻpni Rudoni bosh bilan darvozaga yoʻlladi, Rayya ushlab oldi.

85. Toʻpchilar natijadan qoniqmoqda, ortiqcha oldinga oʻtish ham, xavfli vaziyatlar ham yoʻq.

78. Merino oʻngdan oldinga yurish qildi, hamma undan uzatma kutayotgan bir pallada toʻpni erlatib darvozaga tepdi, ammo himoyachilardan oʻtmadi.

75. “Arsenal” hujumlarni biroz kamaytirdi, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

67. Bobbi Tomasning uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi.

65. Tsolisdan yana bir zarba, bu safar uzoqdan va bu safar darvozabondan ajoyib seyv koʻrdik!

61. Ajoyib kombinatsiyadan soʻng Tsolis darvozaga kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

56. Bosh hakamning ayrim texnikalari ishlamagani sababli oʻyin toʻxtadi biroz.

52. Lyuis-Skellining uzoqdan yoʻllagan zarbasini “Koventri” posboni ajoyib tarzda qaytardi!

50. Ikkinchi boʻlimda ham tezkor gol boʻldi, buyogʻiga “Arsenal”ning ishtahasi yanada ochiladi!

gettyimages-2291458883-2048x2048.jpg

49. GOL! Edegor hisobni yiriklashtirdi! Ben Uaytning uzatmasidan soʻng Martin darvozaga toʻpni yoʻlladi, aslida, zarba oʻxshamagandi, biroq “Koventri” posboniga tegib toʻp darvoza toʻridan joy oldi.

47. Mezbonlar boʻlimni faol boshlashdi.

46. Ikkinchi boʻlim boshlandi.

45+2. Birinchi boʻlim yakunlandi.

45+2. Endi zarba navbati Raysga: biroq toʻp birozgina noaniq ketdi…

45+1. Edegorning darvoza tomon tepgan toʻpi raqibga tegib, maydonni tark etdi.

45. Birinchi boʻlimga 2 daqiqa qoʻshib berildi.

42. Lum Chaunaning akrobatik uslubda bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.

38. Kalaforining jarima maydonchasi tashqarsidan yoʻllagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib qaytdi.

33. Uayt jarima maydonchasi ichidan erlatib zarba berdi, bunga esa raqib himoyachisi “blok” qoʻya bildi.

32. Maydon egalari endi xotirjam oʻynashmoqda. Jamoa toʻp nazoratini oʻziga olgan va uni raqibga berish niyatlari yoʻq.

25. Lyuis-Skelli markazda toʻpni yoʻqotgandi, soʻng bir necha urinishda toʻpni yana qaytarib oldi. Mana Top jamoalarning tayanch yarim himoyachilari qanday oʻynashadi!

24. Haaaa, doʻstlar! Amaldagi chempion chempionshipdan qaytgan klubni hozircha “koʻrdim demayapti”.

gettyimages-2290812475-2048x2048.jpg

23. GOL! Saka hisobni ikkitaga oshirdi! Rays markazda toʻpni olib qoʻyib, uni chapga uzatdi, bu erda Tsolis markazga qayta uzatdi, darvozabondan qaytgan toʻpni Bukayo darvozaga joylab qoʻydi!

21. Temp biroz tushdi, “toʻpchilar” toʻpni nazorat qilishmoqda.

16. Hisob ochildi uchrashuvda, buyogʻiga endi “Koventri” faollikni yanada oshirsa kerak.

gettyimages-2290807458-2048x2048.jpg

15. GOL! Xaverts APLning joriy mavsumidagi ilk golni urdi! Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Kay darvoza aniq yoʻlladi!

9. Deklan Raysning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi noaniq boʻldi.

7. Sakaning juda yaqin masofadan yoʻllagan zarbasini Rashvort qaytardi!

5. Tsolisning zarbasi noaniq boʻldi.

1. Oʻyin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning yangi 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan oʻrin olgan "Arsenal" - "Koventri Siti" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring