Fidbol.net

Kazemiro Messini futbol xudosi deb atadi

Tahririyat 4
Kazemiro Messini futbol xudosi deb atadi

"Men MLS'da aynan oʻzim xohlagan joydaman. "Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdim, menda Italiyadan va boshqa joylardagi turli jamoalardan variantlar bor edi, ammo men aynan oʻzim istagan erdaman... Messi bilan bir jamoada boʻlishdan zavq olishni, unga yordam berishni va uni yanada ulugʻ qilishni xohlayman. U futbol xudosi. Unga yordam berishni istayman.

"Real"da oʻynab yurgan kezlarimda Messi menga qanchadan-qancha muammolar tugʻdirgan... Albatta, u bilan bir jamoada oʻynashni orzu qilardim, chunki har doim eng yaxshilar bilan birga toʻp tepishni xohlaganman. Hech qachon uni bir oʻzim toʻxtatib qola olmasdim, doimo jamoadoshlarimning yordami kerak boʻlardi. Hozir u bilan bir jamoada ekanimdan juda baxtiyorman va uning yonida gʻalaba qozonishda davom etmoqchiman", – dedi 34 yoshli braziliyalik yarim himoyachi matbuot anjumanida.

3.jpg

Kazemiro Amerika klubi bilan 2027 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va uni yana 2 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

39 yoshli Messi 2023 yilning iyul oyidan beri "Inter Mayami"da toʻp tepib kelmoqda, uning bitimi 2028 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring