Fidbol.net

Karrager: «Pul hamma narsani hal qilmaydi»

Tahririyat 18
Karrager: «Pul hamma narsani hal qilmaydi»

«Liverpul» va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Chelsi»ning «Nottingem Forest»ga qarshi o'yindagi 1:3 hisobidagi mag'lubiyatini keskin tanqid qildi. London klubi Angliya chempionatining 35-turida imkoniyatni boy berdi.

«Bu dahshat. Bugun maydonda 5 yoki 6 nafar haqiqiy top-darajadagi futbolchilar bor edi, lekin ularni «B» darajadagi jamoa mag'lub etdi. Vaholanki, bundan 12 oy oldin ular «PSJ»ni tor-mor etishgandi. Hozir esa futbolchilar va xodimlar, o'yinchilar va muxlislar o'rtasida hech qanday bog'liqlik qolmagan», — deya Karragerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

«Qaysidir ma'noda bu yaxshi ham, chunki futbol nafaqat pul sarflash, o'yinchi sotib olish va xodimlarni almashtirishdan iborat emasligini ko'rsatib qo'ydi. Futbol — bu jipslikni yaratish hamdir, «Chelsi»da esa bu narsa yo'q. Hozirda ular xuddi singan futbol klubidek ko'rinishmoqda».

Ushbu uchrashuvdan so'ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring