Braun «Arsenal» va «Chelsi»ga o‘tmoqchi emasdi
«Ayntraxt»ning germaniyalik himoyachisi Nataniel Braun tez orada Myunxenning «Bavariya» klubiga o‘tadi.
«BILD» nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi hech qachon «Arsenal» va «Chelsi»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmagan, chunki u faqat «Bavariya»ga o‘tishni xohlagan. Garchi Angliya grandlari futbolchini sotib olishlariga ishonchi komil bo‘lgan bo‘lsa-da, Braun boshidanoq faqatgina «Bavariya» haqida o‘ylagan.
«Bavariya» Braunning transferi bo‘yicha «Ayntraxt» bilan 55 million yevroga kelishuvga erishdi. Yaqin orada o‘yinchi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolashi kutilmoqda.
Ortda qolgan klub mavsumida Braun barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0