Fidbol.net

Jurnalist – Vinisiusning «Real»dagi vaziyati haqida: «Ronaldu bilan ham xuddi shunday bo‘lgandi»

Tahririyat 3
Jurnalist – Vinisiusning «Real»dagi vaziyati haqida: «Ronaldu bilan ham xuddi shunday bo‘lgandi»

Mashhur jurnalist Tomas Ronsero Vinisius Juniorning Madridning «Real» klubidan ketishi mumkinligi haqidagi mavzuda o‘z fikrini bildirdi.

«Qaymoqranglilar» braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olishmayapti. Amaldagi kelishuv muddati tugashiga bir yildan kam vaqt qoldi.

«Krishtianu Ronaldu «Real» bilan so‘nggi shartnomasiga ko‘ra yiliga sof 22 million yevro olardi — Vinisius aynan shu summadagi taklifni rad etdi. Krishtianu 30 million so‘ragandi, ammo «Real» 25 million taklif qildi va tamom, u jamoani tark etdi. Hozir bu yana takrorlanmoqda: Vinisiusga 22 million taklif qilishdi, u esa 30 million xohlamoqda», — deya vaziyatni sharhladi Ronsero.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «Real»ni 2018 yilda tark etib, «Yuventus»ga o‘tgan edi. Vinisiusning ismi so‘nggi paytlarda «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi bilan faol bog‘lanmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring