Jorje Jezush Ronaldu bilan kelishuvni buzdi
"Now Canal" efirida "Record" gazetasi ijroiya direktori Pedru Souza ma'lum qilishicha, ushbu kelishuvga avgust oyida, kuzgi oʻyinlar uchun tarkib e'lon qilinguniga qadar erishilgan edi.
Manba bergan ma'lumotlarga koʻra, Ronaldu milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga aynan Jezushning tayinlanishi uchun katta harakat qilgan. Ammo keyinchalik vaziyat tomonlar kelishib olgandek rivojlanmadi. Murabbiy va futbolchi hujumchining maydondagi daqiqalarini me'yorlashtirib borishga kelishib olishgan edi va rejaga koʻra Ronaldu oʻtgan uchrashuvda 30 daqiqa harakat qilishi kerak edi, ammo u umuman maydonda koʻrinish bermadi.
Xabar qilinishicha, Jezush erishilgan kelishuvlarga zid ravishda harakat qilishni boshlagan va endi u bunday oʻzgarishlarning sabablarini tushuntirib berishi shart. Kelishuvning buzilishi, ayniqsa Ronalduning Jezushni murabbiylikka tayinlashdagi ta'sirini hisobga olganda, koʻplab savollarni keltirib chiqardi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0