Fidbol.net

JCh-2026. Frantsiya yirik hisobda gʻalaba qozondi, Norvegiya esa...

Tahririyat 7
JCh-2026. Frantsiya yirik hisobda gʻalaba qozondi, Norvegiya esa...

Uchrashuvdagi gollarni Kilian Mbappe (dubl) va Usman Dembele kirishdi. Shu tariqa, Frantsuzlar guruhda 6 ochko toʻplagan holda keying bosqich yoʻllanmasini hal qildi.

Norgeviya esa ikkinchi Turda Senegalga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda evropaliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Gʻoliblar tarkibida 13-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 43-daqiqada hisobni ochgan himoyachi Markus Pedersen hamda ushbu uchrashuvda dublni rasmiylashtirgan yulduzli hujumchi Erling Holand gol muallifiga aylanishdi.

Senegal terma jamoasi tarkibida esa 28 yoshli hujumchi Ismoila Sarr oʻz hisobiga dubl yozib qoʻydi.

Norvegiya terma jamoasi navbatdagi oʻyinini 26 iyun kuni Frantsiyaga qarshi oʻtkazadi. Senegal esa xuddi shu kuni, ya'ni 26 iyunda Iroq bilan toʻqnash keladi.

JCh-2026. I guruhi. 2-tur

23 iyun. Filadelfiya. «Lincoln Financial Field»

Frantsiya — Iroq 3:0

Gollar: Mbappe 14, 54 (dubl), Dembele 66.

Norvegiya — Senegal 3:2

23 iyun. Ist Ruzerford. «MetLife Stadium»

Gollar: Pedersen 43, Holand 48, 58 (dubl) — Sarr 53, 90+3 (dubl).

Manba: championat.asia

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring