JCh-2026. Frantsiya penaltidan urilgan gol evaziga Paragvayni engdi. Chorak finaldagi raqib – Marokash
Paragvay – Frantsiya 0:1
Bosh hakam – Ilgiz Tantashev (Oʻzbekiston)
Qanot hakamlar – Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin (ikkalasi ham Oʻzbekiston)
Toʻrtinchi hakam – Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar)
VAR hakami (VAR) – Xuan Lara (Chili)
VAR yordamchi hakamlari – Marko Di Bello (Italiya), Jo Dikerson (AQSh)
Zaxira qanot hakami – Tolib Al-Marri (Qatar)
Gol: 0:1 – 70, Kilian Mbappe
Paragvay: 12. O. Xil, 2. G. Velaskes, 3. O. Alderete, 4. X. Kaseres, 6. X. Alonso, 15. G. Gomes, 8. D. Gomes, 10. M. Almiron, 14. A. Kubas, 23. M. Galarsa, 19. X. Ensiso.
Zaxira: 1. G. Fernandes, 22. G. Olveyra, 5. F. Balbuena, 13. X. Kanale, 26. A. Maydana, 7. R. Sosa, 11. Maurisio, 16. D. Bobadilya, 20. B. Oxeda, 24. G. Kabalero, 9. A. Sanabriya, 17. A. Gamarra, 18. A. Arse, 21. G. Avalos.
Frantsiya: 16. M. Menyan, 3. L. Din, 4. D. Yupamekano, 5. J. Kunde, 17. V. Saliba, 6. M. Kone, 14. A. Rabo, 7. U. Dembele, 10. K. Mbappe, 11. M. Olise, 12. B. Barkolya.
Zaxira: 1. B. Samba, 23. R. Risser, 2. M. Gyusto, 15. I. Konate, 19. T. Ernandes, 21. L. Ernandes, 26. M. Lakrua, 8. O. Tchuameni, 13. N. Kante, 18. U. Zair-Emeri, 24. R. Sherki, 25. M. Akliush, 9. M. Tyuram, 20. D. Due.
90+10. Oʻyin yakunlandi.
90+6. Xavfli vaziyat! Mbappening ketma-ket ikki zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.
90. Ikkinchi boʻlimga 10 daqiq qoʻshildi.
89. Zarba! Mbappe tepgan toʻpni raqib posboni qaytardi.
86. Alonso jarima maydonchasi yaqinidan xavfli zarba yoʻlladi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi. Toʻp darvoza yonidan oʻtib ketdi.
84. Frantsiyada oʻzgarish: Dembele oʻrniga Sherki.
81. Manuel Kone maydon markazida raqibiga nisbatan qoʻpollik ishlatdi. Bosh hakam vaziyatni e'tibordan chetda qoldirmadi va qoidani buzgan frantsiyalik futbolchiga sariq kartochka koʻrsatdi.
73. Uchrashuvda qisqa tanaffus — bosh hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat berdi.
71. Paragvayda ikki oʻzgarish.
70. GOL! Frantsiya hisobni ochdi! Kilian Mbappe penaltini sovuqqonlik bilan, aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Raqib darvozaboni toʻpning yoʻnalishini topa olmadi va boshqa tomonga sakradi.
68. Penalti.
66. Oʻyinda hayajonli daqiqalar! Bosh hakam VAR monitori yoniga yoʻl oldi va vaziyatni shaxsan koʻzdan kechirmoqda. Gap shundaki, jarima maydonchasi ichida Dezire Duyiga nisbatan qoida buzilgan boʻlishi va Paragvay darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Kutamiz.
64. Kilian Mbappe raqib darvozasi tomon zarba yoʻlladi, biroq uning bu urinishi ancha noaniq chiqdi.
61. Paragvay terma jamoasi tarkibida oʻzgarish: maydonni Alderete tark etdi, uning oʻrniga bahsga Kanale qoʻshildi.
Frantsiya terma jamoasi tarkibida ham oʻzgarish: maydonni Bredli Barkolya tark etdi, uning oʻrniga bahsga Dezire Duyi qoʻshildi.
54. Manuel Kone olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi, biroq Paragvay terma jamoasi darvozaboni mahorat koʻrsatib, xavfli toʻpni qaytarib qoldi – ajoyib seyv!
53. Kilian Mbappe burchak toʻpini tezkorlik bilan oʻyinga kiritib, Usmon Dembelega pas uzatdi. Raqib himoyachilari gʻaflatda qolgan vaziyatda u darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq olis burchakni koʻzlab yoʻllagan zarbasi noaniq ketdi. Imkoniyat boy berildi.
49. Adrien Rabo olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi, biroq uning ijrosidagi bu urinish noaniq chiqdi — toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
46. Ikkinchi boʻlim boshlandi! Jamoalar yashil maydonga qaytishdi. Bosh hakamning hushtagi yangrab, oʻyinning keyingi 45 daqiqasiga start berildi.
Birinchi boʻlim yakunlandi! Hakam hushtagi chalinib, futbolchilarni tanaffusga taklif etdi. Birinchi boʻlimdan soʻng stadiondagi elektron tabloda nollar saqlanib turibdi.
Jamoalar birozdan soʻng maydonga qaytishadi, hozircha esa qisqa tanaffus.
45. Uchrashuvning birinchi boʻlimiga bosh hakam tomonidan 3 daqiqa vaqt qoʻshib berildi. Jamoalar tanaffusga qadar hisobni ochish uchun harakat qilishmoqda.
43. Manuel Kone jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba yoʻlladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi – toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
38. Uchrashuvda qoida buzildi. Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening yuziga urib yuborishdi. Bosh hakam oʻyinni toʻxtatdi va Paragvay darvozasi tomon xavfli nuqtadan jarima toʻpi belgiladi.
36. Maykl Olise jarima toʻpini havolatib uzatib berdi. Raqib jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan xavfli vaziyatda Paragvay terma jamoasi himoyachilari katta qiyinchilik bilan toʻpni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Frantsiya foydasiga burchak toʻpi.
33. Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo olis masofadan kuchli zarba yoʻlladi, biroq toʻp darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi.
32. Frantsiya terma jamoasidan oʻng qanotdan xavfli uzatma amalga oshirildi, biroq jarima maydonchasi ichida turgan Kilian Mbappe toʻpga bosh bilan zarba yoʻllay olmadi. Imkoniyat qoʻldan boy berildi.
28. Diego Gomes raqib darvozasi tomon zarba yoʻlladi, biroq uning ijrosidagi bu urinish ancha noaniq koʻrinish oldi. Toʻp darvozadan ancha uzoqdan oʻtib ketdi.
24. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashev futbolchilarga suv ichib olish va dam olish uchun qisqa tanaffus e'lon qildi. Havo harorati yuqori boʻlgani sababli oʻyinda "cooling break" (salqinlanib olish daqiqasi) yuzaga keldi. Murabbiylar ushbu imkoniyatdan foydalanib, shogirdlariga oʻz koʻrsatmalarini tushuntirishmoqda.
22. Xavfli vaziyat! Manuel Kone raqib jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yoʻlladi. Toʻp darvoza ustunining yonginasidan oʻtib ketdi.
17. Frantsiya terma jamoasining navbatdagi hujumi. Manuel Kone Kilian Mbappe yoʻnalishida raqib jarima maydonchasi ichiga xavfli uzatma amalga oshirdi. Biroq toʻp biroz noqulay tarzda kelgani bois, 10-raqamli futbolchi uni oʻziga boʻysundira olmadi va imkoniyat boy berildi.
13. Paragvayliklar ilk xavfli hujumni tashkil etishdi. Belgilangan standart vaziyatdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan toʻpni Frantsiya terma jamoasi himoyachilari ishonchli tarzda qaytarib yuborishdi.
5. Maydonda Frantsiya terma jamoasining yaqqol ustunligi kuzatilmoqda. Frantsuzlar toʻp nazoratini toʻliq oʻz qoʻllariga olib, raqibni bosim ostida ushlab turishibdi. Ammo Paragvay himoyachilari tartibli oʻyin namoyish etib, ularga yakuniy zarbani berish uchun mutlaqo imkon qoldirishmayapti.
1. Uchrashuvga start berildi! Bosh hakam Ilgiz Tantashevning hushtagi chalindi va futbolchilar toʻpni oʻyinga kiritishdi. Bahs boshlandi, jamoalarga omad tilaymiz!
Jamoalar maydonga tushib kelishdi! Stadionda ajoyib atmosfera. Uchrashuv boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi, futbolchilar va hakamlar yashil maydonda saf tortishmoqda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0