Fidbol.net

Javohir Sindarov bugun Varshavada boshlanadigan «Grand Chess Tour: Super Rapid & Blitz» turnirida ishtirok etadi

Tahririyat 17
Javohir Sindarov bugun Varshavada boshlanadigan «Grand Chess Tour: Super Rapid & Blitz» turnirida ishtirok etadi

5–10 may kunlari Varshava shahrida nufuzli "Grand Chess Tour" doirasida "Super Rapid & Blitz" turniri bo'lib o'tadi. Jahonning kuchli grossmeysterlari ishtirok etadigan mazkur musobaqa shaxmat muxlislari diqqat markazida.

Turnirda jami 10 nafar kuchli grosmeysterlar ishtirok etadi.  O'zbekiston sharafini Javohir Sindorov himoya qiladi.

Turnir ishtirokchilari:

Javohir Sindorov (O'zbekiston)
Gukesh Dommaraju (Hindiston)
Fabiano Karuana (AQSH)
Alireza Firuzja (Fransiya)
Uesli So (AQSH)
Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya)
Yan-Kshishtof Duda (Polsha)
Vladimir Fedoseev (Sloveniya)
Xans Nimann (AQSH)
Radoslav Voytashek (Polsha)

Format va vaqt nazorati:

Rapid: 9 tur (25 daqiqa + 10 soniya har bir yurish uchun)
Blitz: 18 tur (5 daqiqa + 2 soniya har bir yurish uchun)

Mukofot jamg'armasi:

Turnirning umumiy priz fondi 200 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring