Fidbol.net

Superliga. OKMK gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

Tahririyat 4
Superliga. OKMK gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Bunyodkor"ni mag‘lub etdi

Superliganing 16-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida OKMKni qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 26-daqiqada ochildi. «Bunyodkor» futbolchisi Dmitriy Pletnyov jamoasini oldinga olib chiqdi.

33-daqiqada OKMK penalti ishlab oldi va Siavash Haqnazariy to‘pni aniq zarba bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

39-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqov OKMKni oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Aziz Xolmurodov mehmonlarning uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada Nosirjon Abdusalomov «Bunyodkor»ning ikkinchi goliga mualliflik qilib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi va OKMK muhim uch ochkoga ega chiqdi.

Olmaliqliklar 28 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. "Bunyodkor" 19 ochko bilan 10-pog‘onada.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring