Fidbol.net

"Real"ning sobiq futbolchisi Vinisiusga nisbatan tanqidlar haqida gapirdi

Tahririyat 2
"Real"ning sobiq futbolchisi Vinisiusga nisbatan tanqidlar haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi sobiq braziliyalik futbolchisi Rodrigo Fabri «qirollik klubi» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorga muxlislarning munosabati haqida fikr bildirdi. Avvalroq forvard «Santyago Bernabeu» stadionida muxlislar tomonidan bir necha bor xushtakbozlikka uchragan edi.

«Bu unchalik normal holat emas, garchi barchamiz «Real»da talablar qanchalik yuqori ekanini bilsak-da. Vini menga ajoyib o‘yinchi bo‘lib ko‘rinadi, ammo men uni haqiqiy geniy deb hisoblamayman. Shunga qaramay, u hujumda Braziliyada bor bo‘lgan eng yaxshi futbolchimizdir», — deb keltiradi Fabrining so‘zlarini Mundo Deportivo.

Joriy mavsumda Vinisius klub safida barcha turnirlarda yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali forvardni 140 million yevroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring