Fidbol.net

Arman Sarukyan, Ruffi, Van va Pantoja UFC 331 turnirida qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Tahririyat 3
Arman Sarukyan, Ruffi, Van va Pantoja UFC 331 turnirida qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tgan UFC 331 turnirining ba’zi ishtirokchilari olgan gonorarlar miqdori oshkor qilindi.

Kaliforniya shtati sport komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Arman Sarukyan Maurisio Ruffiga qarshi jang uchun 350 ming dollar olgan. Braziliyalik jangchiga oktagonga chiqqani uchun 110 ming dollar to‘langan va g‘alaba qozongan taqdirda yana 110 ming dollar qo‘shib berilishi kerak edi. Ruffi mag‘lub bo‘lgani sababli uning kafolatlangan gonorari 110 ming dollarni tashkil etdi.

Djoshua Van Aleksandr Pantojaga qarshi turnirning markaziy jangi uchun 500 ming dollar ishlab topdi. Pantojaning gonorari esa 650 ming dollarni tashkil qildi.

Shu bilan birga, ko‘rsatilgan summalar o‘yin ko‘rsatkichlari uchun beriladigan bonus va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olmaydi. Sarukyan shuningdek «Kechaning eng yaxshi chiqishi» uchun bonus olgan bo‘lsa, Van va Pantoja «Kechaning eng yaxshi jangi» uchun bonusga ega bo‘lishdi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring