Islombek Ismoilov: "Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni magʻlub eta olasiz degani emas"
- Ikkala jamoa ham hujumkor oʻyin namoyish etishini barcha biladi. Ikki tomonda ham hujumlar va golli vaziyatlar etarli boʻldi, faqat oʻyinga gol etishmadi. Xatolarni oʻrganamiz.
“Neftchi”ning kuchli tarkibi bugun ish bermadimi? “Dinamo” tarkibini ham yomon demagan boʻlardim. Tajribali Bahodir Nasimovni aytmasak, qolgan hujumkor oʻyinchilari yosh va hali oʻsadigan yigitlar. Firdavs Abdurahmonov, Oybek Oʻrmonjonov, Behruzbek Obloqulov shular jumlasidan. Qolaversa, Anvarjon Hojimirzaev ham hozir praym davrini oʻtkazmoqda. Ha, bu yigitlar hali uncha tanilmagan, lekin «Dinamo»ning yoshlari bu yoshda Oʻzbekistondagi eng yaxshilardan hisoblanadi. Ha, biz bugun yutolmadik, ammo sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni magʻlub eta olasiz degani emas. Buni JChda Ispaniya Kabo-Verdeni magʻlub eta olmaganidan koʻrsa boʻladi. Chempion sifatida harakat qilish, turnir jadvalida yuqorida turish qiyin. Bugun «Dinamo»da yoʻqotadigan narsasi yoʻq edi, ular yomon oʻynashmadi. “Dinamo”da ham koʻplab golli vaziyatlar yuzaga keldi”, - dedi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0