Ilyos Zeytullaev: "Qaysidir futbol eksperti meni koʻplab oʻyinchilari ketib qolgani uchungina yoshlarga imkoniyat beryapti", deb yozibdi"
"Yosh futbolchilarning Superligada oʻynashi – juda yaxshi holat. Men bungacha ham aytganman, agar imkoniyat boʻlsa, ular 16, 17, 18 yoshidayoq oʻynashi kerak. Bizda hozir bunday imkoniyat tabiiy ravishda yuzaga keldi, chunki koʻplab tajribali oʻyinchilarimiz klubni tark etishdi. Lekin men qaerdadir eshitdim... Ijtimoiy tarmoqlarda koʻp vaqt oʻtkazmayman, ammo qaysidir futbol ekspertlari "ular koʻplab oʻyinchilari ketib qolgani uchungina yoshlarga imkoniyat beryapti", deb yozishibdi. Bu yolgʻon. Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Agar ular soʻnggi 2,5 – 3 mavsum davomida "Bunyodkor" nechta yosh futbolchiga oʻynash imkonini berganini xolisona tahlil qilishsa, hammasi oydinlashadi. Faqatgina nishonimizni biroz toʻgʻrilab olishimiz kerak. Hozir ularning soni shunchaki koʻproq boʻldi, chunki bugun tarkibda taxminan 7-8 nafar yoshlar oʻynadi. Umuman olganda, bu yosh yigitlar shunday ruhda davom etishsa, men faqat xursand boʻlaman", dedi 44 yoshli mutaxassis.
Manba: championat.asia
Izohlar 0