Fidbol.net

Ilgiz Tantashev vodiy derbisidagi bahsli hakamlik qarorlariga izoh berdi

Tahririyat 13
Ilgiz Tantashev vodiy derbisidagi bahsli hakamlik qarorlariga izoh berdi

"Husayn Norchaev bilan bogʻliq holat menga qanday koʻrindi? Sakkizinchi raqamli futbolchi (Ratino) toʻpni nazorat qilayotgan edi va jamoadoshiga toʻp uzatmoqchi edi. Norchaev orqadan kelib uning oyogʻiga zarba berdi, biroq oxirgi pallada u oyogʻini bukib, zarba kuchini yumshatdi. U oxirigacha oyoq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilmadi. Vaziyatni yaqin masofadan koʻrib turganim uchun darhol sariq kartochka koʻrsatdim. VAR hakami ham mening qarorimni tasdiqladi.

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Jamshid Iskanderov va Saidazamat Mirsaidov ishtirokidagi toʻqnashuvga kelsak, Jamshid bu vaziyatda toʻpga oʻynadi. Uning oyogʻi yuqoriga harakatlandi. Mirsaidov esa boshi bilan toʻp tomon tashlanib, toʻqnashuv effektini kuchaytirdi. Jamshidning butsasi bevosita raqibning yuziga emas, balki peshonasiga sirpanib tegdi. Agar butsaning tishlari bilan yuzga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berilganida, bu shubhasiz qizil kartochka boʻlar edi. Bu vaziyatda oyoq yuqoriga, ya'ni toʻpga qaratilgan. Bu detallarni maydonda aniq koʻrganman. VAR hakamlari bilan muhokamadan soʻng ham qarorim toʻgʻri ekanligi tasdiqlandi", dedi 42 yoshli mutaxassis.

BAHSLI VAZIYaT VIDEOSI

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring