Fidbol.net

Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda Portugaliya Chilini mag‘lub etdi (videosharh)

Tahririyat 1
Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda Portugaliya Chilini mag‘lub etdi (videosharh)

JCH–2026ga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Portugaliya va Chili milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Portugaliyadagi «Eshtadiu Nasyonal du Jamor» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 58-daqiqada ochildi. Portugaliya hujumchisi Gonsalu Gedesh jamoasini oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada yarim himoyachi Brunu Fernandesh ustunlikni mustahkamladi. Chililiklar esa 90+2-daqiqada Lukas Sepeda tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning eng bahsli vaziyati birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda yuz berdi. Yon chiziq yaqinidagi to‘qnashuvdan keyin Portugaliya hujumchisi Rafael Leau va Chili himoyachisi Ivan Roman o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Natijada har ikki futbolchi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Qayd etilishicha, Leau raqibining bo‘ynidan ushlab, uning yuziga zarba bergan.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi. Biroq u samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 guruh bosqichida Portugaliya K guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Chili terma jamoasi esa Jahon chempionati saralashining Janubiy Amerika mintaqasida 10 jamoa orasida 10-o‘rinni egallab, mundial yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring