Fidbol.net

La liga. Rafinya dubl qayd etgan bahsda «Barselona» «Betis»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Tahririyat 21
La liga. Rafinya dubl qayd etgan bahsda «Barselona» «Betis»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 37-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Betis» o‘rtasidagi uchrashuv «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida braziliyalik vinger Rafinya hisobni ochdi. 62-daqiqada esa u dubl muallifiga aylandi. 69-daqiqada «Betis» yarim himoyachisi Isko penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi. 74-daqiqada himoyachi Joau Kanselu kataloniyaliklarning ustunligini yana ikkita golga yetkazdi.

«Barselona» muddatidan avval Ispaniya chempionligini rasmiylashtirib bo‘lgan. Jamoa 37 ta uchrashuvda 94 ochko to‘pladi. «Betis» esa 57 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda va UYEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

Ispaniya — La Liga. 37-tur
2026 yil 17 may, yakshanba. 22:15
«Barselona» — «Betis» 3:1
Gollar: Rafinya 28, 62 — Isko 69 (penalti), Joau Kanselu 74.

Manba: stadion.uz

Jamoalar
O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring