Hojiakbar Alijonov JCh ilk turida oʻynamaydimi?
Tahririyat
•
•
3
Championat.asia saytiga ma'lum boʻlishicha, futbolchi 7 iyun kungi umumiy guruh mashgʻulotlarida koʻrinish bermadi va yakka tartibda shugʻullanmoqda.
Qayd etish kerakki, bugungi Niderlandiyaga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradigan futbolchi katta ehtimol bilan mundialning 1-turida ham maydonga tushmaydi.
Ma'lumot oʻrnida, oʻng qanot himoyasida Farruh Sayfiev va Behruz Karimov oʻynay oladi. Shuningdek, yakuniy qaydnomadan joy olmagan Umarali Rahmonaliev, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Jiyanov va Sherzod Temirov hozirda terma jamoa bilan birga.
Eslatib oʻtamiz, Niderlandiya – Oʻzbekiston bellashuvi bugun Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da 23:45 da boshlanadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0