OFK Ilgiz Tantashev haqida maxsus maqola e'lon qildi
"Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) jahon chempionati oldidan mundialda ishlaydigan hakamlar haqida maxsus material tayyorladi. Unda Ilgiz Tantashevning xalqaro hakamlik faoliyatidagi muhim yutuqlari alohida e'tirof etilgan.
2013 yildan buyon FIFA hakami maqomiga ega boʻlgan buxorolik hakam soʻnggi oʻn yil davomida qit'aning eng yirik musobaqalarida muntazam ishlamoqda. U 2015 yildan beri OFK Chempionlar ligasining barcha mavsumlarida, shuningdek, OFK Kubogining olti mavsumida uchrashuvlarni boshqargan.
Ilgiz Tantashev 2024 yilda Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarining toʻrtta uchrashuvida hakamlik qilgan boʻlsa, 2025 yilda FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham ishlagan.
42 yoshli hakam faoliyati davomida 2019 va 2023 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichi oʻyinlarida, uchta OFK U-23 Osiyo Kubogida ishlagan. Joriy yilning aprel oyida esa Elit Chempionlar Ligasi final uchrashuvini boshqarib borgan", – deyiladi OFK xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati 11 iyun – 19 iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0