Fidbol.net

Gvardiola Sherki haqida fikr bildirdi

Tahririyat 17
Gvardiola Sherki haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rayan Sherki haqida o'z fikrlarini bildirdi. Fransiyalik futbolchi «shaharliklar» safida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, avval esa uning «tizimga mos kelmasligi» haqida taxminlar mavjud edi.

— Sherki Gvardiola uchun xos bo'lmagan futbolchimi? Yaxshi savol! O'zi Gvardiolaning «tipik futbolchisi» kim?

Gyundogan, Messi...

— Ha, to'g'ri. Lekin menda «tipik futbolchilar» yo'q. Sherki biz uchun biroz o'zgacha tuyulsa-da, bu uning debyut mavsumini muvaffaqiyatli o'tkazishiga to'sqinlik qilmayapti. Men bunday gaplarga ishonmayman. Har bir futbolchi kuchli bo'lsa, istalgan jamoada o'z o'rnini topa oladi. Rayan mening o'yin uslubimga shubhasiz mos tushadi, — dedi Pep matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Sherki o'tgan yilning yozida «Lion»dan «Manchester Siti»ga ko'chib o'tgan edi.

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring