Gordon transferidan so‘ng Flikning Rafinyaga munosabati ma’lum bo‘ldi
«Barselona» chap qanot vingeri Entoni Gordonni nima maqsadda sotib olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Diario SPORT nashrining ta’kidlashicha, Gordonning jamoaga kelishi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning Rafinyaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmagan.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis hamon braziliyalik futbolchini jamoaning asosiy o‘yinchisi, sardori va kiyinish xonasidagi yetakchisi sifatida ko‘radi. Flikning maqsadi – jamoadagi raqobatni kuchaytirish va hujum chizig‘iga ko‘proq variantlarni qo‘shishdir.
O‘tgan mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 25 yoshli Gordon esa «Nyukasl» safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0