Fidbol.net

Flik transferlar sabab «Barselona»ning olti nafar o‘yinchisini umumiy guruhdan chetlatdi

Tahririyat 5
Flik transferlar sabab «Barselona»ning olti nafar o‘yinchisini umumiy guruhdan chetlatdi

Vinger Runi Bardji tizzasidan jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Natijada, futbolchi yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik klubni tark etishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘yinchilar bilan ham shunday holat takrorlanishidan xavotirda. Seshanba kuni «Barselona»ning nemislik murabbiyi olti nafar futbolchini umumiy guruhdagi mashg‘ulotlardan chetlashtirdi.

Ushbu ro‘yxatdan Mark Kasado, Ektor Fort, Xofre Torrents, Tommi Markes, Toni Fernandes va Gilye Fernandes o‘rin oldi.

Flik o‘yinchilardan hech kim jarohat olib, «Barselona»ni tark eta olmay qolishini xohlamayapti. Bu klubning transfer bozoridagi rejalariga ta’sir qiladi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring