Fidbol.net

Fabio Kannavaro: "Ronaldu tarixdagi eng yaxshi hujumchi, ammo faqat Ronalduga qarshi oʻynaymaymiz. Jismoniy koʻrsatkichlarga qarashni yoqtirmayman"

Tahririyat 6
Fabio Kannavaro: "Ronaldu tarixdagi eng yaxshi hujumchi, ammo faqat Ronalduga qarshi oʻynaymaymiz. Jismoniy koʻrsatkichlarga qarashni yoqtirmayman"

“Raqibimiz Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib koʻrsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarim himoya chiziqlaridan biriga ega, shuningdek futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi ham shu jamoada oʻynaydi.

Biz Jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yoʻli shu.

Biz Portugaliyaning futbol falsafasini oʻrganishga harakat qildik. Ular doimo toʻp nazorati orqali oʻyinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkon qadar tezroq oʻyinni oʻz foydasiga burishni, himoyani yorib oʻtishni istashadi.

Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik koʻrdik, deb oʻylayman. Oʻz rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan oʻz oʻyinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol shunday oʻyin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qoʻrqmaymiz. Qoʻlimizdan kelgan eng yaxshi oʻyinni koʻrsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.

Avval ham aytganimdek, biz faqat Krishtianuga qarshi oʻynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda koʻp yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydonida Ronalduni bir lahzaga ham e'tiborsiz qoldirib boʻlmaydi. U standart vaziyatlarda ham, oʻyin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun oʻyin davomida maksimal darajada diqqatli boʻlishimiz kerak.

Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Ayrim futbolchilar turli chempionatlarda oʻynagan, ba'zilarida esa ma'lum muammolar mavjud edi. Shunga qaramay, soʻnggi oʻyin davomida futbolchilarning holati yaxshi ekanini koʻrdim. Jamoa uchrashuvni yuqori tempda yakunladi va barcha oʻzini yaxshi his qildi.

Albatta, statistikalarni tahlil qilish oson emas. Masalan, toʻpning harakat tezligiga qarasangiz, futbolchilarning texnik mahorati qanchalik yuqori ekanini tushunishingiz mumkin. Men faqat jismoniy koʻrsatkichlarga qarashni yoqtirmayman. Chunki yakunda eng muhimi — toʻpni qanday nazorat qilishingiz, qanday uzatishingiz va uni qanchalik kam yoʻqotishingizdir.

Menimcha, agar siz oʻyin davomida toʻpni 20 marta yoʻqotsangiz, uni qaytarib olish uchun 20 marta yugurishingizga toʻgʻri keladi. Bu esa juda muhim omil. Portugaliyaning statistikasi esa, albatta, koʻp jihatlar boʻyicha yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib chiqdik. Shu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravishda har tomonga yugurib yurishimiz kerak emas. Masala koʻp yugurishda emas, toʻgʻri yugurishda. Toʻpni yoʻqotmaslik va uni qaerda qaytarib olishni bilish muhim”, - dedi Fabio Kannavaro matbuot anjumani davomida.

pressa portugall.jpg

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring