Fidbol.net

Eldor Shomurodov: “Ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq boʻladi, sababi debyut qilib boʻldik”

Tahririyat 5
Eldor Shomurodov: “Ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq boʻladi, sababi debyut qilib boʻldik”

“Bizda bosim yoʻq. Shu sababli ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq boʻladi, deb oʻylayman. Birinchi oʻyindan keyin bizda ishonch shakllangan, biz allaqachon debyut qilib boʻldik. Biz ertaga yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz.

Biz raqibimizning birinchi turdagi oʻyinining natijasiga ahamiyat bermadik. Bu haqida hozir oʻylashning payti emas. Balki uchinchi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, hozir biz uchun eng asosiysi ertangi bahs.

Kolumbiyaga qarshi birinchi boʻlimda murabbiy koʻrsatmalarini toʻliq bajarolmaganimiz evaziga xatolar kelib chiqdi, nazarimda. Ertaga bunday xatolarni takrorlamasdan, oʻz oʻyinimizni koʻrsatishga, toʻpni koʻproq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz.

Hayajon boʻlishi tabiiy, biroq maydonga chiqqan birinchi daqiqamizdayoq bu esdan chiqadi.

Biz Abbos bilan klubda ham birga oʻynaymiz. Mashgʻulotlarda ham doimo birgamiz. Shu sababli ham bir birimizni oʻzaro yaxshi tushunamiz, desam boʻladi”, - deya gapirdi terma jamoamiz sardori matbuot anjumanida.

pressa portugall.jpg

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring