Fidbol.net

Fabio Kannavaro: "JChdan keyin Italiyaga dam olish uchun ketdi, degan gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi"

Tahririyat 2
Fabio Kannavaro: "JChdan keyin Italiyaga dam olish uchun ketdi, degan gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi"

“JChdan keyin darhol Italiyaga dam olish uchun ketdi, degan gaplar boʻldi va bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Alohida ta'kidlamoqchimanki, men oxirigacha Nyu-Yorkdagi mehmonxonada MTJ bilan birga edim. Superligadagi tanaffus tufayli uyga borib keldim. Oʻzbekiston chempionati qayta boshlangach, qaytib keldim va oʻyinlarni kuzatib bormoqdaman.

8-9 oy orqaga qaytadigan boʻlsak, men mavjud muammolar va oʻyinchilar darajasi haqida gapirgandim. Har doim suhbatimiz markazida intensivlik haqida soʻz borgan, ya'ni futbolchilarimizning yuqori tempda oʻynashiga urgʻu qaratib keldik. Men JChda dahshatli temp boʻlishini bilardim. Koʻpchilik mundialda qiyinchilikka duch kelmaymiz deb oʻylagandir, lekin men bu haqda oldindan ogohlantirgandim”, – dedi Kannavaro.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring