Fabio Kannavaro: "Iskanderovning potentsialidan yaxshi xabardorman. Uning darajasini bilgan holda JChga olib borganman"
- JChda oldinga borishga, hujum qilishga intildik. Ammo bizda vaziyatlar va yarim himoya chizigʻidagi futbolchilarning jarohati bilan bogʻliq inqiroz kuzatildi. Shu holatda ichki ligamizda yaxshi oʻynab turgan Jamshid Iskanderov bor-yoʻgʻi 8 daqiqa oʻynadi. Undan juda kam foydalanganingizga nima sabab boʻldi?
- Yarim himoyada yuqori darajali oʻyinchilarimiz koʻp. Jamshid Iskanderov ham hujumkor va assist beradigan futbolchilar sirasiga kiradi. Biz Kolumbiya va Portugaliya bilan oʻyindan kelib chiqib oʻzgarishlarga qoʻl urdik. Albatta, Iskanderovning potentsialidan yaxshi xabardormiz. Biz vaziyatdan kelib chiqib boshqa futbolchilardan foydalandik. Hech qanday konkret sabab yoʻq. U bilan muammoga ega emasman. Uning imkoniyatlarini, darajasini bilgan holda JChga olib borganman.
Murabbiy ba'zida toʻgʻri va notoʻgʻri qarorlar qabul qiladi. Masalan, bizda yigʻin davomida shunday futbolchi boʻldiki, u barchadan ajralib turdi va astoydil mehnat qildi. Bu — Jasur Jaloliddinov. U zoʻr qatnashdi, uning oʻziga ham buni aytdim. Biroq u Superligada oʻynamagani tufayli yakuniy roʻyxatga kiritilmadi. Buni unga tushuntirdim. Bosh murabbiyga qaysidir qarorni qabul qilish qiyin va barcha mas'uliyatni oʻz boʻyniga oladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0