Fidbol.net

ESPN Jahon chempionatining eng yaxshi 10 nafar yosh futbolchisi roʻyxatini e'lon qildi

Tahririyat 1
ESPN Jahon chempionatining eng yaxshi 10 nafar yosh futbolchisi roʻyxatini e'lon qildi

Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.

"Barselona" vingeri Lamin Yamal (Ispaniya) roʻyxatda 1-oʻrinni egalladi. "Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler (Turkiya) va PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh (Portugaliya) kuchli uchlikka kirdi.

Shuningdek, kuchli oʻnlikdan "Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi (Ispaniya), "Komo" yarim himoyachisi Niko Pas (Argentina), PSJ vingeri Dezire Due (Frantsiya), "Yuventus" vingeri Kenan Yildiz (Turkiya), PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri (Frantsiya), "Bavariya" yarim himoyachisi Lennart Karl (Germaniya) va "Leyptsig" vingeri Yann Diomande (Kot-d'Ivuar) joy oldi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring