Fidbol.net

⚡️ Eshitdik-da! Eshitdik-da! Rustam Lutfullin OChL 2 finalidan chetlatildi

Tahririyat 13
⚡️ Eshitdik-da! Eshitdik-da! Rustam Lutfullin OChL 2 finalidan chetlatildi

Gʻoliblik uchun Saudiya Arabistonining "Al Nassr" hamda Yaponiyaning "Gamba Osaka" klublari kurash olib boradi.

Bizgacha etib kelgan ma'lumotga koʻra, OFK final uchrashuvini oʻzbekistonlik Rustam Lutfullinga ishonib topshirishni rejalashtirgan. Biroq referining Oʻzbekistondagi holatidan kelib chiqib, u finalni boshqarmaydigan boʻldi.

Qayd etish kerak, Superliga 6-turidan oʻrin olgan "Qoʻqon-1912" — "Nasaf" uchrashuvidan soʻng PFL Ijroiya qoʻmitasi shoshilinch yigʻilish oʻtkazgan boʻlib, unda OʻzFHM hakamlarining soʻnggi vaqtlardagi faoliyati jiddiy tanqid ostiga olingan hamda PFL Rustam Lutfullin va Ibrohim Ismoilovni mavsum yakuniga qadar Superliga, Proliga, Oʻzbekiston kubogi kabi musobaqalardan chetlashtirishni talab qilgandi. Shuningdek, PFL bergan bayonotda Lutfullinning xalqaro maydondagi faoliyati ham koʻrib chiqilishi aytilgandi. Koʻrinishidan, bu kabi harakatlar OFK nazaridan ham chetda qolmagan.

Bizdagi ma'lumotlarga koʻra, PFL hakamlik masalasini tartibga solish yuzasidan bir qator rejalar ishlab chiqmoqda. Biroq tashkilot JCh-2026 musobaqasiga qadar shoshilmoqchi emas.

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring