Elit OChL oʻtish oʻyini: "Paxtakor" Elit OChL asosiy bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, Hamdamovdan dubl
Elit OChL oʻtish oʻyini
“Paxtakor” – “Al Hussayn” (Iordaniya) 3:0 (TUGADI)
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00
Gol: Doston Hamdamov (Bashar Resan) 7, 1:0, Doston Hamdamov (Sherzod Nasrullaev) 30, 2:0, Bashar Resan (Zaid Tahsin) 51, 3:0
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 8.Dilshod Saitov ( 7.Hojiakbar Alijonov,46), 10.Akmal Mozgovoy (9. Ibrohim Ibragimov, 82), 17.Dostonbek Hamdamov (11.Hojimat Erkinov, 68) 21.Bashar Resan (, 77.Oybek Bozorov, 68), 23.Abdurauf Boʻriev, 29.Ayman Hussayn (Stefan Chinedu, 76) 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 99.Maksim Murkaev, 13.Muhammadali Dilshodbekov, 20.Dilshod Abdullaev, 26.Davron Toʻlaganov, 33.Kuvanish Saydaliev, 44.Diyor Ermanov90.
“Al Hussayn”: 1.Yazid Abulayla, 7.Arif Haitam, 8.Yusuf Hussayn, 10.Haruba, 13.Mahmud Almardi ( 94.Brayan Riaskos, 57), 21.Salim Amir, 23.Yusuf Muhammad, 33.Ali Ahmad, 43.Pol Komolafe, 66.Ahmad Favzi, 97.Ahmad Toir Haykal.
Zaxira: 22.Mahmud Raid, 3.Abdallah Nasib, 4.Ahmad Ayman, 5.Ahmad Safah, 6.Hoshim Zaid, 11.Obieda Ahmad, 20.Gogo, 24.Saloholdin Afif, 27.Qassay Battat, 77.Ganajoq, 88.Mahmud Shavkat,
Ogohlantirish: Zaid Tahsin (“Paxtakor”) 40
Uchrashuv yakunlandi. “Paxtakor” Elit OChL asosiy bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Endi Elit OChLda 2 ta klubimiz qatnashadi, “Neftchi” va “Paxtakor”.
90. Ikkinchi boʻlimga 4 daqiqa qoʻshib berildi.
82. OʻZGARISh. “Paxtakor”, Akmal Mozgovoy oʻrniga Ibrohim Ibragimov tushdi.
81. ZARBA. Oybek Bozorovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan toʻpni Abulayla ushlab oldi.
76. OʻZGARISh. Ayman Xussayn oʻrniga Stefan Chinedu maydonga tushdi.
73. Oʻyinda temp pastladi.
72. “Paxtakor”ning goli inobatga olinmadi. Hujumda qoʻpollik ishlatilgan edi.
68. OʻZGARISh. “Paxtakor”, Doston Hamdamov oʻrniga Xojimat Erkinov, Bashar Resan oʻrniga Oybek Bozorov tushdi.
57. OʻZGARISh. “Al Hussayn”, Mahmud Al Mardi oʻrniga Brayan Riaskos, Yusuf Muhammad oʻrniga Abdallah Nasib, Ahmad Toir oʻrniga Gogo tushdi.
51. GOOOOOOOOOOOOOL. Bashar Resan toʻpni “Al Hussayn” darvozasiga toʻpni mixladi! Raqibni istaganicha aldadi va aniq zarba bilan Abulayla darvozasiga yoʻl topdi.
46. OʻZGARISh. “Paxtakor”, Dilshod Saitov oʻrniga Xojiakbar Alijonov tushdi.
Ikkinchi boʻlim boshlandi.

Tanaffus!
45. Uchrashuvning dastlabki qismiga 2 daqiqa qoʻshib berildi.
43. Birinchi boʻlim yakunlanmoqda.
41. “Al Hussayn” amalga oshirgan jarima zarbasi xavfli chiqdi.
40. OGOHLANTIRISh. Zaid Tahsin, “Paxtakor”.
38. Ustunlik Iordaniya klubi tomoniga oʻtdi.
35. UUUUX. “Al Hussayn” gol urishi mumkin edi. Boʻsh darvozaga ketayotgan toʻpni “Paxtakor” himoyachisi chiqarib yubordi.
33. Boʻriev raqib futbolchisi bilan toʻqnashuvda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam koʻrsatildi.
30. GOOOOOOOOOOOOL. Doston Hamdamov oʻyinda dublni rasmiylashtirdi. Sherzod Nasrullaevning oʻta aniq uzatmasini Hamdamov boshi bilan golga aylantirdi. Hamdamov bugun snayper rolini a'lo bahoga bajarmoqda.

30. Toʻp nazoratidagi ustunlik ham mezbonlarda.
27. “Paxtakor” hozircha raqib darvozasiga 5 ta zarba yoʻlladi, 5 tasi aniq bordi.
24. ZARBAAA. Akmal Mozgovoy raqib jarima maydonchasi ichida bosh bilan zarba yoʻlladi. Xavfli vaziyat edi. Abulayla ham yaxshi seyv namoyish etdi.
22. “Al Hussayn” futbolchisi sal qolsa gol urib qoʻyar edi. Quvvatov toʻpni egallab oldi.
18. “Paxtakor” yana raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratdi. “Al Hussayn” jamoasi himoyachilari xavfni bartaraf etdi.
17. ZARBAAA. Burchak zarbasidan keyin Abdurauf Boʻriev kuchli zarba yoʻlladi. Biroq Yazid Abulayla toʻpni qiyinchilik bilan qaytardi.
16. “Paxtakor” burchak zarbasini ishladi. “Sherlar” jarima toʻpi uzatmasidan soʻng burchak zarbasini ishladi.
11. ZARBAAA. Flamarionning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

9. Oʻyinda temp yuqori.
7. GOOOOOOOOOOL. “Paxtakor”ning oʻyindagi ilk xavfli hujumi gol bilan yakunlandi. Doston Hamdamov raqib jarima maydonchasi ichida Resanning qulay uzatmasini besamar ketkazmadi. Resandan qulay uzatma, Hamdamovda ajoyib gol.
4. Akmal Mozgovoya tibbiy yordam koʻrsatildi.
Oʻyinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.
Oʻyin boshlanishiga barcha narsa tayyor!
Manba: championat.asia
Izohlar 0