Elit OChL liga bosqichiga qachon qur'a tashlanadi?
Tahririyat
•
•
6
“Paxtakor” bu bosqichda Iordaniyaning “Al Hussayn” jamoasini 3:0 hisobida taslim qilib, keyingi bosqichga yoʻl oldi. Dostonbek Hamdamov (dubl) hamda Bashar Resanning gollari “sherlar”ga yirik gʻalabani taqdim etdi.
Elit OChLning liga bosqichiga 18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:00da qur'a tashlanadi. Marosim Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, turnirda “Paxtakor”dan tashqari “Neftchi” Oʻzbekiston chempionati gʻolibi sifatida ishtirok etadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0