Fidbol.net

Deku Madridda – bu Xulian Alvaresni sotib olish bo‘yicha oxirgi urinishdir

Tahririyat 2
Deku Madridda – bu Xulian Alvaresni sotib olish bo‘yicha oxirgi urinishdir

«Barselona» sport direktori Deku va klub skautlar bo‘limi rahbari Joau Amaral Madridda ko‘rinish berishdi. Jijantes FC xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» vakillari «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish uchun oxirgi urinishni amalga oshirishadi.

Yaqin orada Deku va Amaral 26 yoshli Alvaresning agenti hisoblangan Fernando Idalgo bilan uchrashadi.

Jahon chempionati vaqtida Xulian Alvares «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan edi. Biroq «matraschilar» qat’iy pozisiyani egallashgan va hujumchini «Kamp Nou»ga qo‘yib yuborishni xohlashmayapti.

Xulian Alvares Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 120 million yevroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring